Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
28 may
4228Otabek Hasanboyevich Bozorov Namangan viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Otabek Bozorov Namangan viloyati hokimining tegishli qarori bilan viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. U 2024 yildan mazkur tayinlovga qadar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ilm-fan va innovatsion faoliyatni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritayotgandi.
Ma’lumot uchun, Otabek Bozorov 1984 yilda Namangan viloyatining Chortoq tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2007 yilda Toshkent davlat pedagogika universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2005 yilda Toshkent viloyati, Zangiota tumanidagi 26-maktabda o‘qituvchilikdan boshlagan.
So‘ngra O‘zbekiston Milliy universiteti katta ilmiy xodim izlanuvchisi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Ma’naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi boshlig‘i, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti ilmiy ekspertiza bo‘limi boshlig‘i, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Milliy qadriyatlar, ma’naviyat va ma’rifatni rivojlantirish sho‘’basi bosh konsultanti lavozimlarida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq G‘ulomjon Sobitxo‘jayevich Murodxo‘jayev Namangan viloyatining Pop tumani hokimi etib tayinlangani.
LiveBarchasi
Dollar kursi yana oshdi.
15 iyul
Moskva yana suv ostida qoldi.
15 iyul