Namangan va Farg‘onada ham ko‘mirfurush mansabdorlar ushlandi
3-sahifa
−
12 noyabr 2023
10302Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida aholiga imtiyozli narxda tarqatishga mo‘ljallangan 623,7 tonna ko‘mir talon-toroj qilindi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ayni kunlarda davlat tarqatayotgan ko‘mirning aholiga yetib borishi yuzasidan prokuratura organlari tomonidan nazorat tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Xususan, “Ko‘mir ta’minot” mas’uliyati cheklangan jamiyatining Namangan viloyat filiali tasarrufidagi Uchqo‘rg‘on tumani ko‘mir omborida o‘tkazilgan surishtiruv jarayonida ushbu mahsulotning talon-toroj qilinishi bilan bog‘liq holat aniqlangan.
Unga ko‘ra, Uchqo‘rg‘on tumani ko‘mir ombor mudiri U.N. kuz-qish mavsumida aholiga imtiyozli narxda tarqatishga mo‘ljallangan 623,7 tonna ko‘mirlarni talon-toroj qilib, mablag‘larni o‘z shaxsiy manfaatlari yo‘lida ishlatib yuborgan.
U.N. mazkur jinoyat ishi doirasida prosessual tartibda ushlangan bo‘lib, hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanida sodir bo‘lgan holatda esa ombor mudiri A.I. 413,8 million so‘mlik 1 tonna 364,3 kilogramm ko‘mirni go‘yoki fuqarolar olganligi to‘g‘risida soxta ma’lumotlar tayyorlab, uni naqd pulga sotgani va pul mablag‘larini o‘z shaxsiy manfaatlari yo‘lida sarflab yuborgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan ombor mudiriga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ushbu shaxs ham prosessual tartibda ushlangan.
“Ushbu yo‘nalishda nazorat tadbirlari davom etmoqda”, deya qo‘shimcha qilgan Bosh prokuratura.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Andijon tumanida 362,3 million so‘mlik, Buloqboshi tumanida 178,3 million so‘mlik, Jalaquduq tumanida esa 421,7 million so‘mlik ko‘mir talon-toroj qilingani haqida xabar berilgan edi.
LiveBarchasi