Namangan shahrida koronavirus bilan kasallangan barcha bemorlar sog‘aydi

Jamiyat

image

Bugun, 3 iyun kuni Namangan viloyatida 4 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatiladi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi huzuridagi Koronavirus profilaktikasi shtabi ma’lum qildi.

Tuzalganlarning 3 nafari Namangan shahridan (2 nafar ayol va 13 yoshli o‘g‘il bola), 1 nafari Norin tumanidan (31 yoshli erkak).

Ayni vaqtda Namangan shahrida koronavirus bilan kasallanganlar barchasi sog‘aydi. Viloyat bo‘yicha koronavirusga chalingan 260 nafar fuqarodan 251 nafari (97 foiz) tuzaldi. 4 kishi vafot etgan. Hozirda viloyat yuqumli kasalliklari shifoxonasida To‘raqo‘rg‘on tumanidan 2 nafar, Uychi tumanidan 2 nafar hamda Yangiqo‘rg‘on tumanidan 1 nafar bemor davolanmoqda.

Karantin muassasalarida 610 nafar, uy karantinida 2912 nafar kishi saqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

205

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing