Namangan IIBga boshliq tayinlandi

Jamiyat

image

Polkovnik Shuhrat Aliyev Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 23 fevral kuni Ichki ishlar vaziri general-leytenant Po‘lat Bobojonov tomonidan Namangan viloyatida ichki ishlar organlarining xizmat faoliyatiga oid tezkor yig‘ilish o‘tkazilgan.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Prezidentining qaroriga asosan polkovnik Shavkat Rahmonov Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari – Tezkor-qidiruv departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlangani e’lon qilingan. Shuningdek, Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga polkovnik Shuhrat Aliyev tasdiqlangan.

Ma’lumot uchun, Shuhrat Aliyev 2017 yildan boshlab Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlagan. Shuningdek, u bundan ham avval Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan tayinlov IIB

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing