Namangan davlat unversiteti oldida erkak yoqtirgan qizini emas, xotinini o‘ldirgani ma’lum bo‘ldi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan davlat universiteti oldida yigit yaxshi ko‘rgan qizini pichoqlab o‘ldirgani haqida xabarlar tarqalib, shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, universitet binosi oldida erkak yoqtirgan qizini emas, o‘zining turmush o‘rtog‘ini pichoqlab o‘ldirgan. Bu haqda Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, shu yilning 6 may kuni soat 12:00 da To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro Namangan davlat universiteti binosi oldida oilaviy kelishmovchilik sababli o‘zining turmush o‘rtog‘i bilan janjallashgan. Janjal oqibatida xotinini pichoq bilan urib, uning o‘limiga sabab bo‘ladigan tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi prosessual tartibda ushlangan va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Namangan davlat universiteti matbuot xizmati ushbu holat Namangan shahar Uychi ko‘chasi 316-uy (universitet joylashgan hudud) atrofida sodir bo‘lgani haqida dastlabki ma’lumotni bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing