Namangan hokimi o‘rinbosari qo‘lga olindi

3-sahifa

image

Namangan viloyati hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Saidahmad Sultonov qo‘lga olindi. Bu haqda Namangan viloyat sudlari axborot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudiga Namangan viloyati prokurori o‘rinbosari Sultonovga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida iltimosnoma kiritgan.

Hokim o‘rinbosari Jinoyat kodeksining 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) 2-qismi “a” bandi va 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinmoqda. 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudining joriy yilning 16 dekabridagi ajrimi bilan Namangan viloyati prokurori o‘rinbosarining iltimosnomasi qanoatlantirilib, gumon qilinuvchi Saidahmad Sultonovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilib, qamoqqa olinishi va tergov hibsxonasiga joylashtirilishi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkentda yashirin tadbirkorlik sub’ektlarining noqonuniy faoliyatlariga yordam bergan soliq idoralari mansabdor shaxslari hibsga olingani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan viloyati hokim qamoq Saidahmad Sultonov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing