Namangan hokimi bugundan Prezident holatini tanqid qilgan mahallada yashashini aytdi
Jamiyat
−
20 fevral 2021
25225Shavkat Mirziyoyev kecha, 19 fevral kuni Namangan shahridagi “Bunyodkor” mahallasida bo‘lgan va ichimlik suvi yo‘q, ichki yo‘llar yomon, atrof obodonlashtirilmagan hududdagi ahvolni tanqid ostiga olgandi. Namangan viloyati hokimi bugun, 20 fevraldan boshlab Namangan shahridagi “Bunyodkor” mahallasida istiqomat qilishini bildirdi. Shavkatjon Abdurazzaqov bu haqda mahalla aholisi bilan uchrashuvi davomida ma’lum qildi.
“Har kuni shu yerda, sizlarga qo‘shni bo‘laman. Uyim mahalla idorasining ro‘parasida joylashadi. Bugun shu yerga konteyner o‘rnaydi va unga “viloyat hokimining uyi” deb yozib qo‘yiladi”, deydi Shavkatjon Abdurazzaqov.
Viloyat hokimligi Matbuot xizmatiga ko‘ra, bugun erta tongdan ushbu mahallaga yuzlab ishchi-xodim va hasharchilar jalb etilgan. Shaharning chekka hududida yerlarni tekislash, elektr tarmoqlari tortish, obodonlashtirish ishlari boshlangan. Uzoq yillar davomida foydalanishda bo‘lgan chiqindixona yopiladigan, mahalla idorasi esa qaytadan quriladigan bo‘lgan.
Shuningdek mahallaga toza ichimlik suvi keltiriladi.
“Bu yerda 3 gektar joyda kichik sanoat zonasi tashkil etamiz va kamida 10 ta korxona ochamiz. Buning ortidan 12 ming kishi yashaydigan mahallada 1000 nafar odam ishli bo‘ladi”, deydi viloyat hokimi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev kecha, 19 fevral kuni Shavkatjon Abdurazzaqovni Namangan viloyati hokimi etib tayinladi. U bugungacha viloyat xokimi vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelayotgan edi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr