Namanganda shifokor ayovsiz kaltaklandi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 4 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro shifokorni ayovsiz kaltaklayotgani aks etgan videolavha tarqaldi. 

QALAMPIR.UZ manbasiga ko‘ra, hodisa joriy yilning 28 iyuldan 29 iyulga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Holat Namangan shahridagi 10-oilaviy poliklinikada yuz bergan. Zo‘ravonlikka nima sabab bo‘lgani noma’lum. Voqea yuzasidan rasmiy ma’lumot berilganicha yo‘q. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyul oyida Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida yuqoridagi kabi holat yuz bergandi. Unda fuqaro shifokorga farzandini davolashga kelmaganligini aytib, feldsher va shifokorni do‘pposlagan. Joriy yilning mart oyida tibbiyot xodimlariga nisbatan zo‘ravonlik qilish bo‘yicha Toshkentda ikkita va Jizzaxda bitta holat qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

675

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing