Nagatomo beshta Jahon chempionatida o‘ynagan ilk osiyolikka aylandi
Sport
−
26 iyun 1343 1 daqiqa
Yaponiya terma jamoasi himoyachisi Yuto Nagatomo beshta Jahon chempionatida maydonga tushgan tarixdagi ilk osiyolik futbolchiga aylandi. Bu haqda “Devdiscourse” nashri xabar berdi.
39 yoshli futbolchi 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichining uchinchi turida Shvetsiyaga qarshi uchrashuvda ushbu natijani qayd etdi. Nagatomo bahsning 75-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi. O‘yin 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Shu tariqa, Nagatomo Jahon chempionatlarida besh marta ishtirok etgan futbolchilar qatoridan joy oldi. Undan avval bu natija meksikaliklar Antonio Karbaxal, Andres Guardado va Rafael Markes, germaniyaliklar Lotar Matteus va Manuel Noyer hamda xorvatiyalik Luka Modrich tomonidan qayd etilgan edi.
Portugaliyalik Krishtianu Ronaldu, argentinalik Lionel Messi va meksikalik Gilermo Ochoa esa oltitadan Jahon chempionatida ishtirok etgan.
Ma’lumot uchun, Nagatomo 2011 yil Yaponiya terma jamoasi bilan Osiyo kubogida g‘olib chiqqan. U milliy jamoa safida 146 ta uchrashuvda maydonga tushgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich bo‘yicha faqat 152 o‘yin o‘tkazgan Yasuxito Endodan ortda qolmoqda.
Live
BarchasiQo‘yliqda ham yong‘in sodir bo‘ldi
06 avgust