Nadiya Dusanova Osiyo Gran-prisida oltin dubl qayd etdi

Sport

image

Xitoyning Szyan Szin va Szyulunpo shaharlarida yengil atletika bo‘yicha Osiyo Gran-prisi yakunlandi. Unda ishtirok etgan O‘zbkiston terma jamoasi vakillari musobaqaning ikkinchi bosqich yakuni bo‘yicha ham 1 tadan oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

Kutilganidek, Nadiya Dusanova balandlikka sakrash sektorida xuddi birinchi bosqichdagidek 1.89 metr natija bilan zafar quchdi. Bronza medalini esa bu gal Nigina Sharipova 100 metrga yugurish bahsida qo‘lga kiritdi. Batafsil:

Balandlikka sakrash, ayollar
1. Nadiya Dusanova (O‘zbekiston) – 1.89 metr
2. Van Suyeyi (Xitoy) – 1.83
3. Nadejda Dubovitskaya (Qozog‘iston) – 1.83

100 metr, ayollar.
1. Olga Safronova (Qozog‘iston) – 11.32 soniya
2. Kristina Knott (Filippin) – 11.42
3. Nigina Sharipova (O‘zbekiston) – 11.61

Eslatib o‘tamiz, Nadiya Dusanova 5 iyun kuni ham oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

engil atletika Osiyo Gran-prisi

Baholaganlar

5

Reyting

3.6

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing