Nadal va Shapovalov mojarosiga nima sabab bo‘ldi?

Sport

image

Jahonning sobiq birinchi raqamli tennischisi ispaniyalik Rafael Nadal Avstraliya ochiq chempionatining chorak finalida Denis Shapovalov bilan yuzaga kelgan vaziyat haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

“Ikkinchi setdan keyin butunlay charchab qoldim. Bu kun juda og‘ir bo‘ldi, chunki havo juda issiq edi. Men bunga tayyor emasman. Avvaliga hammasi yaxshi o‘tdi. Denisdek raqibga qarshi o‘ynash qiyin. Birinchi va ikkinchi setda imkoniyatlarim bor edi va ulardan unumli foydalandim. Dam olish juda muhim. Men endi 21 yoshda emasman. Ammo o‘zimni jismonan yaxshi his qilyapman”, deydi Nadal uchrashuvdan so‘ng.

Gap shundaki, Shapovalov ikkinchi setda minora hakami Karlos Bernardesga raqib ko‘proq dam olayotgani haqida shikoyat qildi. Shuningdek, Rafa o‘yinga tayyor emasligi va uni ogohlantirish kerakligini aytdi. Nadal esa vaziyatni tartibga solish uchun Shapovalovga yaqinlashdi va holatni tushuntirdi. Shundan so‘ng, 22 yoshli kanadalik biroz xotirjam bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi turnirlarning 20 karra g‘olibi hisoblangan Nadal 4 soat 10 daqiqa davom etgan qiyin bahsda Shapovalov ustidan 3:2 (6:3, 6:4, 4:6, 3:6, 6:3) hisobida zafar quchib, yarim finalga yo‘l oldi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Tennis Nadal' Aus Open Shapovalov

Baholaganlar

87

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing