Nadal Melburn turnirining yarim finaliga yo‘l oldi

Sport

naaaaaaaaaa

“Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi turnirlarning 20 karra g‘olibi Rafael Nadal Avstraliyaning Melburn shahrida bo‘lib o‘tayotgan ATP musobaqasining yarim finaliga yo‘l oldi. Uning gollandiyalik raqibi Tallon Griyekspur jarohat sababli bahsda ishtirok eta olmadi.

Endi Rafaga yarim finalda finlandiyalik Emil Ruusvori raqiblik qiladi.

Bunga qadar Nadal ikkinchi davrada Litva vakili Rikardas Berankisni 6:2, 7:5 hisobida mag‘lub etgan edi. Bunga qadar 36 yoshli tennischi so‘nggi marta 2021 yil avgust oyi boshida Vashingtondagi rasmiy musobaqada g‘alabaga erishgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Nadal jarohati sababli 2021 yilgi mavsumning yarmini o‘tkazib yubordi va ilk marta ATP reytingini 10-o‘rindan quyida yakunladi.

Ma’lumot uchun, Melburndagi turnir 9 yanvar kuni yakunlanadi. Nadal katta ehtimol bilan “Australian open”da ham ishtirok etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Rafael' Nadal' ATP Mel'burn Rikardas Berankis

Baholaganlar

2

Reyting

3.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing