“Nyukasl” Zidanga taklif yubordi. Zizuning parvoyi falak

Sport

image

“Nyukasl” rahbariyati jamoaning yangi bosh murabbiyligiga nomzod mutaxassislar ro‘yxatini tuzdi. Unda “Real Madrid” sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan nomi ham keltirilgan. Bu haqda “Marca” nashri xabar tarqatdi.

“Oq-qoralar” rahbariyati fransiyalik mutaxassisni taklif qilish variantini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. Biroq, Zidanning o‘zi “Nyukasl” bilan shartnoma imzolashni xohlamayapti. U Fransiya terma jamoasini boshqarmoqchi va hozircha hech bir klub bilan muzokara o‘tkazish niyati yo‘qligini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 oktyabr kuni Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon boshqaruvidagi jamg‘arma “Nyukasl” klubini sotib olganini ma’lum qilgandik.

Ma’lumot uchun, Zidan ilk bor murabbiylik faoliyatini 2015-2016 yilgi mavsumda “Real”ga ustozlik qilishdan boshlagan. Zizu jamoa bilan ketma-ket uch marta UEFA Chempionlar ligasi, Yevropa superkubogi (2), Ispaniya chempionati (2), Superkubogi va klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida zafar quchgan.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Real Zidan Muhammad bin Salmon Saudiya N'yukasl

Baholaganlar

58

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing