“Nyukasl”ning qimorboz futbolchisi 3 yilga sportdan chetlatilishi mumkin

Sport

image

Angliyaning “Nyukasl” klubi va Italiya terma jamoasi a’zosi Sandro Tonali “Milan” safida o‘ynab yurgan vaqtlarida qimorga pul tikkanini tan oldi. Bu haqda  “La Gazzetta dello Sport” nashri xabar berdi. 

17 oktyabr kuni italiyalik futbolchi Sandro Tonali 3 soatlik tergovdan so‘ng, “Milan” safida o‘ynab yurgan vaqtlarida o‘z jamoasining g‘alabasi uchun totalizatorga pul tikkanini tan olgan. 

“Sandro bu muammoni hal qilishga e’tibor qaratishi va qimor o‘yinlariga qaramlik bilan kurashishga qat’iyat bilan yondashishi kerakligini tushunib yetdi. U jazo muddatini qisqartirish uchun tergov bilan kelishuvga erishishga tayyor”, deydi futbolchining agenti. 

Ma’lumot uchun, ayni damda futbolchini 3 yildan 4 yilgacha diskvalifikatsiya kutmoqda. Biroq futbolchi o‘z aybiga iqror bo‘lsa, unga nisbatan bir yillik diskvalifikatsiya jazosi va qimor o‘yinlariga tobelikdan qutulish uchun olti oylik maxsus muolajalar tayinlanishi mumkin.

Shuningdek, Italiya terma jamoasining yana 3 nafar a’zosi noqonuniy o‘yinlarga pul tikishda gumon qilinmoqda. “Roma” klubi a’zosi Nikola Zalevskiy, “Yuventus” yarim himoyachisi Nikolo Fadjoli, “Aston Villa”dan Nikolo Dzanololar shular jumlasidandir.


Maqola muallifi

Teglar

N'yukasl qimor Sandro Tonali qimorboz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made