Nyu-Yorkdagi teraktni uyushtirgan o‘zbekistonlik umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

3-sahifa

image

Kecha, 13 mart kuni AQSHning Nyu-York shtati janubiy okrugi sudi hakamlar hay’ati 2017 yilda Nyu-Yorkdagi portlashni amalga oshirgan asli o‘zbekistonlik Sayfullo Soipovga o‘lim jazosi berilishi bo‘yicha kelishuvga erisha olmadi va shu bois u umrbod qamoq jazosiga hukm qilinadi. Bu haqda Nyu-York janubiy okrugi prokuraturasi e’lon qilgan bayonotda aytilgan.

Qayd etilishicha, joriy yilning 26 yanvar kuni hakamlar hay’ati Soipovni qotillik, qotillikka urinish va xorijiy terrorchi tashkilotni qo‘llab-quvvatlash kabi 28 ta moddada aybdor deb topgan. Keyin hakamlar hay’ati aybdor shaxs o‘lim jazosiga loyiqmi yoki yo‘qligini ko‘rib chiqqan. Ular bir ovozdan bir qarorga kela olmagani uchun, qonunga ko‘ra, jazo sifatida o‘lim jazosi umrbod qamoq jazosi bilan almashtiriladi. Sudya bunday hukmni majburiy ravishda chiqarishi kerak va uni yengillashtira olmaydi. Hukmni e’lon qilishning rasmiy tartibi keyinroq amalga oshiriladi.

Aytish joizki, Nyu-York shtatida o‘lim jazosi 50 yildan ortiq vaqt davomida amalga oshirilmagan edi.

Soipov qanday jinoyat sodir etgan?

2017 yilning 31 oktyabr kuni Soipov Pikap mashinasini Gudzon daryosi qirg‘og‘idagi Nyu-York ko‘chalaridan biri bo‘ylab velosipedchilar uchun ajratilgan yo‘lakda katta tezlikda haydab, yo‘liga to‘sqinlik qilganlarning barchasini bosib ketgan. Hujum 2001 yil 11 sentyabr xurujlari qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlikdan bir necha yuz metr narida sodir bo‘lgan. AQSH rasmiylari terakt deb atagan hujum natijasida 8 kishi halok bo‘ldi, 10 dan ortiq kishi jarohatlandi. Jinoyatchi yaralangan va hibsga olingan. Soipov ISHID terrorchilik guruhi mafkurasi ta’sirida harakat qilganini tan oldi.


Maqola muallifi

Teglar

terakt N'yu-York umrbod qamoq jazosi N'yu-Yorkdagi o'zbekistonlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing