Nyu-Yorkdagi Tayms-skver maydonida Yangi yil qanday kutib olinadi?
Olam
−
16 dekabr 2020 4547 1 daqiqa
AQSHning Nyu-York shtatidagi Tayms-skver maydonida an’anaviy ravishda nishonlanadigan Yangi yil bayrami bu yil masofadan turib o‘tkaziladi. Mehmonlar maydonga kiritilmaydi. Bu haqda "The Hill" ma’lumot bergan.
Manbaga ko‘ra, maydondagi bayram tadbiri tomoshabinlarsiz o‘tkaziladi, ammo televideniye va Internetda namoyish etiladi.
Bayram tadbirlari shaharda amalda bo‘lgan barcha epidemiologik talablarni hisobga olgan holda va tibbiyot mutaxassislari bilan maslahatlashilgandan so‘ng tashkil etiladi.
Maydonga kirishga ruxsat berilgan har bir kishi test topshirishi va tibbiy ko‘rikdan o‘tishi talab qilinadi. Shuningdek, ularning barchasi tibbiy niqobda bo‘ladi va bayram tomoshalari ijtimoiy masofani hisobga olgan holda rejalashtiriladi.
Tadbirga tashrif buyuruvchi maxsus mehmonlar, jumladan, favqulodda vaziyatlar xodimlari, koronavirus kasallari bilan ishlagan shifokorlar va ularning oilalariga "2020 yil qahramonlari", degan nom beriladi.
Ma’lumot uchun, 14 dekabr kuni Nyu-York meri Bill de Blazio koronavirus kasallari soni ortayotgani munosabati bilan shahar butunlay yopilishi mumkinligidan ogohlantirgan.
AQSHda koronavirusga chalinganlar soni 16,8 mlndan oshgan. 304 ming nafar bemor vafot etgan. Ikkala holat bo‘yicha ham AQSH dunyoda birinchi o‘rinda turadi.
Live
Barchasi