Nyu-Yorkda jinsiy jinoyatlarda gumonlangan o‘zbekistonlik hibsga olindi

3-sahifa

image

AQSHning Nyu-York shahrida yashab kelgan 21 yoshli O‘zbekiston fuqarosi U.D. ga federal agentlar tomonidan bir nechta og‘ir jinsiy jinoyatlar bo‘yicha ayblovlar qo‘yilib, hibsga olindi. Bu haqda AQSH Immigratsiya va bojxona nazorati xizmati (ICE) xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, U.D. ga qo‘yilgan ayblovlar orasida zo‘rlash (roziliksiz jinsiy aloqada bo‘lish), jinsiy zo‘ravonlik, tan jarohati yetkazish maqsadida tajovuz qilishga urinish, shuningdek, jabrlanuvchi roziligisiz sodir etilgan boshqa jinsiy tajovuz shakllari mavjud.

“ICE jamoatchilik xavfsizligiga tahdid soluvchi jinoyatchi muhojirlarni hibsga olish va deportatsiya qilishga ustuvor ahamiyat beradi, ayniqsa Nyu-Yorkda og‘ir jinoyatlar sodir etganlar ustidan. Yaxshiyamki, FBI hamkorligida biz U.D. ni mahalliy idoralardan ozod qilinganidan so‘ng tezda hibsga ola oldik”, deya bayonot berdi ICE’ning Nyu-Yorkdagi Boshqaruv ofisi rahbari Uilyam Joys.

U.D. ni AQSH Chegara patruli 2022 yil 28 dekabr kuni Arizonadagi Lukeville yaqinida AQSHga Meksika orqali noqonuniy kirganida qo‘lga olgan. U deportatsiya jarayoniga qo‘yilgan va 2023 yil 28 iyulda immigratsiya sudi uni AQSHdan chiqarib yuborish to‘g‘risida qaror chiqargan.

2024 yil 19 fevral kuni ICE’ning Nyu-Yorkdagi ofisi U.D. ni jinoyat sodir etgan noqonuniy muhojir sifatida qayd etib, uni ushlab turish uchun sud organlariga iltimosnoma yuborgan. Ammo ertasi kuni Kvinsdagi markaziy hibsxona bu iltimosnomani inobatga olmasdan, uni ozod qilgan.

ICE va AQSH Ichki xavfsizlik bo‘yicha tergov idorasi (HSI) agentlari U.D. ni Staten-Aylendda maxsus reyd davomida hibsga olib, uni ICE’ning ofisiga jo‘natgan. U hozircha ICE qamoqxonasida saqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq bolalarni jinsiy ekspluatatsiya qilish maqsadida sotish ayblovi bo‘yicha sudlangan O‘zbekiston fuqarosi AQSHdan deportatsiya qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh N'yu-York jinsiy jinoyat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing