Nyu-Yorkda vertolyot savdo markazi tomiga quladi. Bu teraktmidi?

Olam

image

Nyu-York shahrida vertolyot ko‘p qavatli savdo markazi ustiga qulab tushdi. Hodisa shahar markazidagi Tayms-skver yaqinida joylashgan 54 qavatli bino tomida yuz bergan.

Voqea sodir bo‘lgandan keyin yong‘in kelib chiqqan. Voqea joyiga yetib kelib yong‘inni bartaraf qilgan o‘t o‘chiruvchilar bir kishining jasadi bor ekanligini ma’lum qilishgan.

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, jasad vertolyot uchuvchisiniki ekanligi tasdiqlangan.

Ushbu hodisa Manhettendagi 7-avenyuda sodir bo‘lgan. Baxtsiz hodisaga yomg‘irli ob-havo sabab bo‘lgani aytilmoqda. 

Aslida vertolyot uchuvchisining tumanli ob-havoda ko‘rish imkoniyati juda pasayib ketgan. Shu sababdan favqulodda qo‘nishni amalga oshirish so‘ralgan. Lekin, uchuvchi bino tomiga qo‘nish jarayonida muvofaqqiyatsizlikka uchragan.

Uchuvchi o‘zi qo‘nayotgan maydonni deyarli ko‘rmagan va shu sababdan vertolyot qo‘nish maydoniga qattiq zarb bilan urilgan.

Mahalliy Hukumat bu voqeani terakt sifatida baholamagan.


Maqola muallifi

Teglar

terakt N'yu-York vertolyot

Baholaganlar

16

Reyting

4.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing