Nyu-Yorkda politsiya xodimi oddiy fuqaroni otib o‘ldirdi
Olam
−
14 dekabr 2020
7058Nyu-Yorkdagi Avliyo Ioann Ilohiy soborida xor namoyishi yakunlangach, politsiya noma’lum kishini otib o‘ldirdi. Bu haqda Nyu-York politsiyasi Matbuot xizmatida xabar berilgan.
“Noma’lum erkak politsiyaga qarata o‘q uzdi, politsiya bunga javob berdi. Oqibatda, o‘qqa tutilgan odam halok bo‘lgan. Qurollangan kishining jasadi Sent-Lyuk shifoxonasiga yetkazilgan”, deya xabar bergan politsiya Matbuot xizmati.
Shahar politsiya bo‘limi boshlig‘i Dermot Shining so‘zlariga ko‘ra, o‘q uzgan odam hech kimni o‘ldirish yoki jarohat yetkazishga ulgurmagan.
“Bu odam avvaldan jinoiy ishlar qilgan bo‘lishi mumkin, buni barmoq izlarini tekshirish orqali aniqlash kerak. Ungacha biz uning ismini oshkor qilmaymiz”, deydi shahar politsiyasi boshlig‘i.
Hodisa joyida ikkita yarim avtomatlik qurol va sumka topilgan. Xaltaning ichida benzinli idish, arqon, simlar, bir nechta pichoq va Injil kitobi bor bo‘lgan. Favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan joyga o‘z vaqtida yetib kelgan politsiya xodimlari 15 marta o‘q uzgan. Erkak boshiga o‘q tegishi oqibatida vafot etgan.
Sobor Matbuot xizmati ham yig‘ilganlarning hech biri jabrlanmaganiga aniqlik kiritdi.
“Biz qutqaruvga birinchi bo‘lib kelganlari va chiqish joyidagi otishmaga zudlik bilan javob berganlari uchun minnatdormiz. Yig‘ilganlar orasida jarohat olganlar yo‘qligi uchun minnatdormiz”, deyiladi sobor veb-saytida.
LiveBarchasi