Nyu-Yorkda muhojirlar uchun komendantlik soati joriy qilindi
Olam
−
16 yanvar
4841Nyu-York hukumati muhojirlarning shaharda qolishini tartibga solish choralarini ko‘ryapti. Bu haqda “New York times post” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, mahalliy aholining noqonuniy migrantlar to‘g‘risidagi shikoyatlarini hisobga olib kecha, 15 yanvardan boshlab muhojirlar saqlanadigan to‘rtta vaqtinchalik boshpanada soat 23:00 dan 6:00 gacha komendantlik soati joriy etildi. Bu yerda migrantlar har kuni hisobot berishlari va belgilangan vaqt davomida boshpanalarda ekanliklarini tasdiqlashlari kerak bo‘ladi.
Istisnolar faqat tashrif buyuruvchi ishlayotgan yoki o‘qiyotganda, shuningdek, tibbiy muassasalar va huquq-tartibot idoralariga tashrif buyurganida mumkin bo‘ladi.
"Ushbu siyosat shahar vasiyligidagi muhojirlar faoliyatini yanada samarali boshqarish imkonini beradi", deyiladi shahar hokimiyati vakili bayonotida.
Muammo ayniqsa Texas gubernatori Nyu-Yorkka noqonuniy muhojirlarni jo‘nata boshlaganidan so‘ng keskinlashdi.
Turarjoy markazlari yaqinida hatto tunda ham xorijliklar guruhini ko‘rish mumkin. Nyu-York meri Erik Adams migrantlarning ko‘payishi shaharning qulashiga olib kelishi mumkinligidan xavotirda.
Shahar idorasining ma’lum qilishicha, bu qoida kelayotgan bo‘ronlar va ehtimoliy kuchli shamollar tufayli xavfsizlik nuqtayi nazaridan qabul qilingan. Mer Adams esa jurnalistlarga yangi tartib "ehtiyotkorlik" tufayli joriy etilganini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda AQSH poytaxtida tartibsizliklar sababli komendantlik soati joriy etilgan edi.
LiveBarchasi