Nyu-Yorkda markaziy yo‘llarda harakatlanish pulli bo‘ldi

Olam

image

Nyu-Yorkda Manxetten markaziga kirayotgan haydovchilar uchun yangi to‘lov joriy qilindi, ya’ni ular tig‘iz soatlarda shaharning eng gavjum qismiga kirish uchun 9 dollar to‘laydi. Bu haqda CNN  xabar berdi.

Nashrning yozishicha, bu to‘lov tig‘iz joylashgan shaharda tirbandlikni kamaytirish, shu bilan birga, jamoat transporti infratuzilmasini tuzatishga yordam berish uchun mo‘ljallangan.

“Bu masalani besh yildan buyon o‘rganib kelyapmiz. Agar Manxetten markazida bo‘lsangiz, Nyu-Yorkda haqiqiy transport muammosi borligini ko‘rish uchun atigi besh daqiqa kerak bo‘ladi” , deydi Metropolitan Transport Authority bosh direktori Yanno Liber.

Bundan tashqari, ushbu to‘lov shahar markaziga kiradigan avtomobillar sonini taxminan 10% kamaytirishi, jamoat transporti uchun 15 mlrd dollar yig‘ishga yordam berishi kutilmoqda. Ish kunlari Manxettenning eng gavjum hududlariga kirish 9 dollargacha, kichik yuk mashinalar uchun 14,40, kattaroqlari uchun 21,60 dollar bo‘ladi.

Haydovchilar to‘lovni  elektron yo‘l haqini yig‘ish tizimi bo‘lgan E-ZPass orqali to‘laydi. E-ZPasses bilan ko‘pchilik haydovchilar ish kunlari ertalab soat 5 dan 9 gacha va dam olish kunlari ertalab soat 9 dan 9 gacha Manxettenning markaziy bog‘idan janubda kirish uchun 9 dollar to‘lov qiladi. Dam olish kunlarida yo‘l to‘lovi 2,25 dollar bo‘ladi.

Mohimbegim Ma’rufaliyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

N'yu-York Manxetten

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing