Nyu-Yorkda koronavirus bilan kasallangan bosh shifokor o‘z joniga qasd qildi

Olam

image

Nyu-York shifoxonasida COVID-19 bilan kasallangan reanimatsiya bo‘limining bosh shifokori o‘z joniga qasd qildi. Hamkasblarining so‘zlariga ko‘ra, ayol stressga bardosh bera olmagan.

Marhum, 49 yoshli Lorna Brin, boshqa odamlardagi infeksiya bilan kurashgan. Kasallarga qilgan doimiy g‘amxo‘rligi tufayli, ayol koronavirusni o‘ziga ham yuqtirib olgan. Shundan so‘ng u vaqtincha lavozimini tark etishga majbur bo‘lgan.

O‘zining ahvoliga qaramay, Brin bemorlarga yordam berishda davom etadi. Otasining so‘zlariga ko‘ra, uning tabiati shunday edi – doimiy g‘amxo‘rlik va atrofdagilarning farovonligi uchun qayg‘urish.

“Brin hatto shifoxonadan tashqarida ham har bir bemor uchun juda tashvishlanar, ularning salomatligi to‘g‘risida o‘ylardi. U doimo intensiv terapiyada sodir bo‘lgan holatlar haqida eslab turardi“, deydi hamkasblari.

Shifokorlarning aytishicha, u ko‘plab bemorlarning o‘limini ko‘rgan. Bu uni tushkunlikka tushirardi. Ularning fikriga ko‘ra, Brin o‘z stressiga dosh berolmadi. Shifokorlar uni qahramon sifatida eslashni taklif qilishdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda koronavirus bilan bog‘liq 1 064 572 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 147,411 nafari sog‘aygan, 61 669 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 855 492 kishini tashkil qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus AQShda

Baholaganlar

564

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing