Nyu-York muhojirlarga bardosh berolmayapti – Oq uy

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Nyu-York rasmiylari keng ko‘lamli migratsiya inqiroziga dosh bera olmayapti, deb hisoblaydi. Bu haqda amerikalik rasmiylarga tayanib, NBC xabar berdi.

Aytilishicha, Ichki ishlar vazirligi avgust oyida 100 ming muhojirni qabul qilgan shahardagi vaziyatni baholash uchun guruh yuborgan. Yakuniy baholash e’lon qilinmagan, biroq rasmiyga ko‘ra, shahar hokimiyatida migratsiya muammosini hal qilish strategiyasi yo‘q.

Nyu-York meri Erik Adamsning fikricha, shaharning “ko‘chalarda yoki boshpanalarda uxlayotgan” minglab muhojirlar bilan shug‘ullanishi qiyin kechadi. 

“Men buning oxirini ko‘rmayapman. Bu muammo Nyu-Yorkni vayron qiladi”, deydi mer.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yilning oktyabr oyida Adams shaharda noqonuniy muhojirlar oqimi ko‘pligi sababli favqulodda holat e’lon qilgan. Gap shundaki, 2022 yilda Texas, Arizona va Florida shtatlari hukumatlari Meksika bilan chegarani noqonuniy kesib o‘tib, Qo‘shma Shtatlarga kirgan xorijliklarni ommaviy ravishda Vashington, Nyu-York va boshqa yirik shaharlarga avtobus bilan jo‘natishni boshlagan. Janubiy shtatlardan Nyu-Yorkka har kuni noqonuniy muhojirlar bo‘lgan besh-oltita avtobus hech qanday muvofiqlashtirishsiz va bildirishnomasiz yetib keladi. Bu holat esa AQSH Prezidenti Jo Baydenning “yumshoq” migratsiya siyosatiga qarshi norozilik uyg‘otmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar oyida Erik Adams Meksika bilan chegaradosh El-Paso shahriga borgan va Nyu-Yorkda muhojirlar uchun joy yo‘qligini e’lon qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

N'yu-York muhojirlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing