Nyu-York metrosidagi otishmada 62 yoshli afroamerikalik gumon qilinmoqda 

Olam

image

Avvalroq, Nyu-York metrosida otishma sodir bo‘lgani haqida xabar bergandik. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida 23 kishi jarohat olgan. 

Nyu-York politsiyasi qurolli hujumga aloqadorlikda gumonlanayotgan 62 yoshli Frenk R. Jeymsni qidirmoqda. Politsiya hisobotiga ko‘ra, afroamerikalik foydalangan yuk mashinasidagi izlar jinoyat sodir bo‘lgan joydagi izlarga mos kelgan. 

Qayd etilishicha, Jeyms yuk mashinasini ijaraga olgan, biroq u hujumni sodir etgani yoki hujumchi bilan aloqasi borligi aniqlanmagan. Gumonlanuvchini qidirish davom etmoqda. 

Huquq-tartibot idoralariga ko‘ra, Jeyms Filadelfiya va Viskonsindagi manzillarda ro‘yxatdan o‘tgan. Politsiya, agar gumondor topilsa, tergov jarayoni aniq bo‘lishini ta’kidlagan. 

Nyu-York politsiya departamenti, Nyu-York yong‘in departamenti va Nyu-York gubernatori Keti Xokul dastlabki xulosalarga asoslanib, voqea terrorchilik hujumi emasligini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

N'yu-York otishma

Baholaganlar

92

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing