Nyu-Orleandagi terakt tashkilotchisi hujumdan oldin shaharga ikki marta kelgan – FQB

Olam

image
Mirziyoyev Baydenga ta’ziya maktubi yo‘lladi north_east

Mirziyoyev Baydenga ta’ziya maktubi yo‘lladi

Yangi yil arafasida AQSHning Luiziana shtatidagi Nyu-Orlean shahri markazida mashinada bayramni nishonlayotgan olomonni bosib ketgan odam 2024 yil oktyabr va noyabr oylarida shaharga borib, fransuz kvartalida aqlli ko‘zoynak yordamida video yozib olgan. Bu haqda kecha, 5 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Federal qidiruv byurosi (FQB) direktori yordamchisi o‘rinbosari Kristofer Raya ma’lum qildi.

“Tergovning barcha tafsilotlari va hozirda bizda bo‘lgan dalillar Jabbor (AQSH fuqarosi Shamsud Din) bu yerda, Nyu-Orleanda yolg‘iz o‘zi harakat qilganini tasdiqlaydi. Biz Qo‘shma Shtatlarda u bilan hamkorlikka aloqador bo‘lgan hech qanday alomatni ko‘rmadik, ammo AQSHda va xorijda mumkin bo‘lgan sheriklarni qidirishda davom etamiz”, dedi Raya.

Federal qidiruv byurosining ta’kidlashicha, jinoyatchi deb taxmin qilingan shaxs 2023 yil yozida Qohiraga borgan va Misrga safaridan bir necha kun o‘tib Kanadaning Ontario provinsiyasiga ketgan. Hozircha bu harakatlar va Nyu-Orleandagi hujum o‘rtasida aloqa o‘rnatishning imkoni bo‘lmadi. Hujumdan bir necha soat oldin, ehtimoliy hujumchi internetda joylashtirilgan videolarda ISHID terror guruhini qo‘llab-quvvatlayotganini e’lon qilgan.

AQSH Prezidenti Jo Bayden va uning rafiqasi Jill “fojiali hujumdan jabrlangan oilalar va jamiyat a’zolarining qayg‘usiga sherik bo‘lish” uchun bugun, 6 yanvar kuni Nyu-Orleanga borishni rejalashtirmoqda.

Yangi yil arafasida Nyu-Orleandagi terakt

Fojia 1 yanvar kuni ertalab soat 3:15 atrofida Nyu-Orlean shahri markazidagi tarixiy fransuz kvartalida yuz berdi. U yerda sayyohlar orasida mashhur bo‘lgan ko‘plab musiqa barlari mavjud. Erkak muassasalar yaqinidagi ko‘chada Yangi yilni nishonlayotgan odamlarni mashinada bosib ketdi.

Guvohlarning ma’lum qilishicha, haydovchi katta tezlikda Burbon ko‘chasidagi olomon ustiga borgan va keyin mashina ichidan o‘q otishni boshlagan. Politsiya javob qaytardi. Hujum qilgan shaxs oq rangli Ford pikapida bo‘lgan.

14 kishi hujum qurboni bo‘ldi. Qurollangan shaxs politsiyachilarga qarata o‘q uzgan va ularning ikki nafarini yaraladi. U javob o‘qidan o‘ldirildi.

CNN telekanali ikki tergovchiga tayanib, kamuflyaj formasida 42 yoshli erkak ISHID bayrog‘ini ko‘tarib yurganini xabar qildi. FQB hujumni fuqaro, sobiq AQSH askari Shamsud Din Jabbor tomonidan amalga oshirilganini aytdi. FQB matbuot kotibi Aletea Dunkanning ma’lum qilishicha, mashinada ikkita qo‘lbola portlovchi qurilma topilgan va keyinchalik zararsizlantirilgan.

ISHID hodisa uchun javobgarlikni rasman o‘z zimmasiga olmadi. Prezident Jo Bayden FQB “bu hodisani terrorchilik harakati sifatida tekshirayotganini” tasdiqladi.

"Hech qanday zo‘ravonlik uchun asos yo‘q va biz mamlakatimizning hech bir shahriga hujumlarga toqat qilmaymiz", deya qo‘shimcha qildi Bayden.


Maqola muallifi

Teglar

N'yu-Orlean

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing