Myunxen xavfsizlik konferensiyasi boshlanmoqda. Undan nimalar kutilyapti?
Olam
−
13 fevral 1016 2 daqiqa
62‑Myunxen xavfsizlik konferensiyasi (MXK) joriy yilning 13-15 fevral kunlari Hotel Bayerischer Hof va Rosewood Munich mehmonxonalarida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda konferensiyaning rasmiy saytida xabar berildi.
Ma’lum qilinishicha, konferensiyani MXK raisi Volfgang Ishinger boshqaradi. Dunyoning turli mintaqalaridan yuzlab yetakchilar xavfsizlik siyosati bilan bog‘liq muammolarni muhokama qiladi. Konferensiyada hozirga qadar 50 ta davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etishini tasdiqlagan. Bu ayniqsa, ko‘plab Yevropa davlatlari rahbarlarini va Germaniya federal hukumati delegatsiyasini, shuningdek, kansler Fridrix Mers boshchiligidagi keng vakolatli guruhni o‘z ichiga oladi.
Dunyo bo‘ylab beqarorlik va mojarolar keskin oshib borayotgan bir paytda bu yilgi Myunxen xavfsizlik konferensiyasi muhim burilish nuqtasida o‘tkazilmoqda. Konferensiyada muhokama qilinadigan mavzular qatoriga Yevropa xavfsizligi va mudofaa, transatlantik munosabatlarning kelajagi, ko‘p tomonlama hamkorlikni qayta jonlantirish, global tartib bo‘yicha raqobat qiluvchi qarashlar, mintaqaviy mojarolar va texnologik rivojlanishning xavfsizlikka ta’siri kiradi.
“Myunxen xavfsizlik konferensiyasi 2026 yil ham xalqaro xavfsizlik siyosatining asosiy masalalari bo‘yicha global muloqot uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi. Shu yil bizning Vashington, AQSH va AlUla, Saudiya Arabistoni shaharlarida o‘tkazilgan Myunxen yetakchilar uchrashuvlarida boshlangan suhbatlar allaqachon qimmatli impulslarga ega bo‘ldi. Shu asosga tayangan holda MXK strategik muhokamalarni chuqurlashtirish va bugungi eng dolzarb global muammolarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan hamkorlikni mustahkamlashga noyob imkoniyat beradi”, deydi Myunxen xavfsizlik konferensiyasi raisi Volfgang Ishinger.
Konferensiya tadbirining barcha qismlari Myunxen qoidasi asosida o‘tqaziladi: ishtirokchilar bir-biri bilan muloqot qilishi va faol bo‘lishi kerak, ma’ruza o‘qish yoki bir-birini e’tiborsiz qoldirish tavsiya etilmaydi. Sahnada bo‘lish yoki sahna ortida qolishidan qat’i nazar, mehmonlar bir-biridan o‘rganishi va muloqot qilishi, spikerlar esa savollarga javob berib, auditoriya bilan teng darajada suhbatlashishga tayyor bo‘lishi kerak.
E’zoza Olimova
Live
Barchasi