“Navbahor” bosh murabbiyi Kanchelskis lavozimidan chetlatildi

Sport

image

Namanganning “Navbahor” klubi bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis qoniqarsiz natijalar sabab o‘z lavozimini tark etadigan bo‘ldi.

QALAMPIR.UZ muxbirining xabar berishicha, kecha, 22 iyun kuni klub rahbariyati navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilishda “Navbahor” klubining oxirgi paytda ko‘rsatayotgan natijalari muhokama qilindi.

Xabaringiz bor, jamoa Superligada oxirgi to‘rtta turdan buyon g‘alaba qozona olmayapti. Qolaversa, kubok doirasida “Nasaf” klubiga yirik hisobda mag‘lubiyatga uchrashdi. Bu natijalar inobatga olinib, "Manchester Yunayted" klubi sobiq futbolchisi, rossiyalik mutaxassis Kanchelskis bosh murabbiylikdan chetlatildi.

Ma’lumot uchun, “Navbahor” bugun, 23 iyun kuni O‘zbekiston Superligasining 12-turi doirasida, o‘z maydonida “Buxoro” klubini qabul qiladi. Aynan shu uchrashuvdan keyin namanganliklarga yangi bosh murabbiy tayinlanishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Superliga Navbahor Andrey Kanchel'skis

Baholaganlar

33

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing