MYUning APLdagi g‘alabali seriyasi yakunlandi

Sport

image

Kecha, 10 fevral kuni Londonning “Vest Xem” jamoasi Angliya Premer-ligasi 26-turi doirasida “Manchester Yunayted”ni qabul qildi. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi.

Dastlab o‘yinning 50-daqiqasida mezbonlar safida Tomash Souchek gol urib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Shundan so‘ng “qizil iblislar” hujumlarni kuchaytirib, hisobni tenglashtirish uchun harakat qildi. O‘yinning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan 90+6-daqiqada Benjamin Sheshkoning goli evaziga “Manchester Yunayted” hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.

Shu tariqa, “Manchester Yunayted”ning to‘rt o‘yinlik g‘alabali seriyasiga yakun yasaldi. Maykl Kerrik boshqaruvidagi jamoa Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 45 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. “Vest Xem” esa 24 ochko bilan 18-pog‘onani egallab turibdi.

“Manchester Yunayted” navbatdagi uchrashuvini joriy yilning 23 fevral kuni safarda Liverpulning “Everton” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. “Vest Xem” esa 21 fevral o‘z maydonida “Bornmut”ni qabul qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

“Manchester Yunayted” Prem'er-liga “Vest Xem”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing