“MYU” turkiyalik futbolchi uchun 100 million yevro taklif qilmoqchi

Sport

image

“Manchester Yunayted” “Yuventus” yarim himoyachisi Kenan Yildizni sotib olish uchun raqobatni ortda qoldirishni rejalashtirmoqda va futbolchi uchun 100 million yevro taklif qilmoqda. Bu haqda “TEAMtalk” nashri xabar berdi.

20 yoshli Yildiz hali “Yuventus” bilan uzoq muddatli shartnoma imzolamaganligi sababli Premer-liga klublarining e’tibor markaziga bo‘lib turibdi. Hozircha Yildiz va “Yuventus” tomoni bir necha bosqichda muzokaralar olib bordi, ammo kelishuvga erisha olmadi.

Manbaga ko‘ra, “Manchester Yunayted” Premer-ligadagi raqiblarini hayratda qoldirish va Yildizni sotib olish uchun katta taklif tayyorlamoqda. Klubning hisob-kitobicha, bunday mablag‘ “Yuventus”ni o‘z yulduz futbolchisini qo‘yib yuborishga ishontiradi. Bundan tashqari, “Yunayted” futbolchiga u umid qilgan moliyaviy maoshni ham taqdim eta olishiga ishonmoqda.

Agar transfer amalga oshsa, turkiyalik futbolchi chap qanot yarim himoyachisi lavozimi uchun Mateus Kunya bilan raqobatlashadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Londonning “Arsenal” klubi ham Kenan Yildizga qiziqish bildirayotgani va “To‘pchilar” bosh murabbiyi Mikel Arteta futbolchini ustuvor maqsadlardan biri deb hisoblashi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

“Yuventus” “Manchester Yunayted” Kenan Yildiz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing