MYU so‘nggi 61 yildagi eng yomon natijasini qayd etdi

Sport

image

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi 1962/1963 yilgi mavsumdan beri mamlakat chempionatidagi eng yomon startni amalga oshirdi. Bu haqda “OptaJoe” nashri xabar berdi.

Erik ten Xag shogirdlari mavsumning dastlabki 15 uchrashuvidan 8 tasida mag‘lub bo‘ldi. 1962/1963 yilgi mavsumda “qizil iblislar” chempionatning dastlabki 15 o‘yinning 9 tasida mag‘lub bo‘lgan.

Shuningdek, jamoa 1930 yildan beri uy o‘yinlaridagi eng yomon startni o‘tkazdi. Klub joriy mavsumning dastlabki 10 ta uyda o‘tkazgan bahslarining 5 tasida mag‘lub bo‘ldi.

Ta’kidlash joiz, 1 noyabr kuni “Manchester Yunayted” Angliya liga kubogi 1/8 finalida “Nyukasl” bilan o‘yinda yirik mag‘lubiyatga uchradi. Uchrashuv “Old Trafford” stadionida o‘tkazildi va 3:0 hisobida mehmonlar foydasiga hal bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Yunayted Erik ten Xag qizil iblislar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing