MYU Ronaldudan tezroq qutulmoqchi

Sport

image

"Manchester Yunayted" Ronalduning shov-shuvli intervyusidan so‘ng, uni sotish jarayonini tezlashtirmoqchi. “Qizil iblislar” portugaliyalik futbolchining o‘rniga o‘z safini PSJ hujumchisi Kilian Mbappe bilan kuchaytirish niyatida. Bu haqda "Mirror" nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Manchester Yunayted” Yevropada Mbappening transferi va maoshini moliyaviy tomondan qoplay olishi mumkin bo‘lgan kam sonli klublardan biri hisoblanadi. Biroq "qizil iblislar" PSJ yulduzi uchun kurashda yuqori raqobatga duch kelishini tushunib turibdi, shu bois jamoa o‘z safini kuchaytirish uchun muqobil variantlar ustida ham ishlamoqda. "Manchester Yunayted" "Napoli" hujumchisi Viktor Osimxen variantiga ham e’tibor qaratmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu yaqinda intervyu berib, unda "Manchester Yunayted" rahbariyati va murabbiylar shtabi haqida tanqidiy gapirgan, shuningdek, klub siyosatining noto‘g‘riligini aytib o‘tgan. 

Ko‘pchilik Krishtianuni MYU tizimi haqidagi gaplari uchun tanqid qila boshladi. Jurnalist Pirs Morgan esa Ronalduning o‘zi intervyu tashkil qilishni so‘raganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu MYU

Baholaganlar

228

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing