MYU “Real” yulduzi uchun 200 million yevro taklif qilmoqchi 

Sport

image

Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi Jude Bellingemni o‘zining sport loyihasining markaziy figurasi sifatida ko‘rmoqda. “Qizil iblislar” hozirda “Real Madrid” safida to‘p surayotgan Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi uchun 200 million yevrogacha bo‘lgan taklifni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “Fichajes” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Manchester Yunayted” rahbariyati “Real Madrid” yulduzi uchun 200 million yevrogacha bo‘lgan rasmiy taklif va yiliga taxminan 15 million yevro maosh taklif qilishga tayyor. Biroq qanchalik katta summa taklif etilmasin, “Real Madrid” Bellingemning ketishini muhokama qilish niyatida emas. Ispaniya OAVlariga ko‘ra, madridliklar mavsum oxirida yirik transferlarni amalga oshirishi mumkin, biroq Jud Bellingem sotib bo‘lmaydigan futbolchi sifatida baholanmoqda.

Manbalarning ta’kidlashicha, ingliz yarim himoyachisi Tibo Kurtua, Eder Militao, Aurelien Tchouameni va Kilian Mbappe bilan birga klubning daxlsiz besh futbolchisi qatoriga kiradi. Jude Bellingemning o‘zi ham hozircha jamoasini o‘zgartirish niyatida emas. U “Real Madrid” safida sovrinlar yutishni davom ettirishni istaydi va “Manchester Yunayted”ning taklifini rad etishga tayyor. 

Ma’lumot uchun, Bellingem “Real Madrid” safida 120 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 43 ta gol va 32 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

“Manchester Yunayted” “Real Madrid” Jude Bellingem

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing