MYU rahbarlari Sulsher bilan uchrashdi

Sport

image

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher jamoa rahbarlari bilan uchrashdi. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar berdi.

48 yoshli norvegiyalik mutaxassis Krishtianu Ronaldu, Xarri Maguayr, Bruno Fernandesh, Lyuk Shou, Viktor Lindelyof va Nemanya Matich bilan suhbatlashib, jamoa natijalari bilan bog‘liq murakkab vaziyatni qanday o‘zgartirish mumkinligi haqida kelishib oladi.

Shuningdek, uchrashuvda mankunianliklarning uchta markaziy himoyachidan iborat yangi o‘yin taktikasi muhokama qilingan.

Eslatib o‘tamiz, MYUning sobiq sardori Rio Ferdinand jamoa o‘yinida hech qanday falsafa yoki xarakter yo‘q ekanini aytib o‘tgan edi.

Ma’lumot uchun, “Qizil iblislar” barcha turnirlar doirasida o‘tkazilgan so‘nggi 10 ta uchrashuvda bor-yo‘g‘i uch marta g‘alaba qozongan. Navbatdagi uchrashuv esa ertaga, 16 noyabr kuni “Uotford”ga qarshi maydonga tushadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

APL MYu Ronaldu Ole Gunnar Sul'sher Maguayr

Baholaganlar

43

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing