MYU Pogbani qancha mablag‘ evaziga qo‘yib yuborishini ma’lum qildi

Sport

image

“Manchester Yunayted” klubi o‘z futbolchisi Pol Pogbani  jamoada olib qolish uchun bor imkoniyati bilan harakat qiladi. Ammo jamoa keyingi mavsum uchun YeCHL yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmasa, futbolchini sotishga majbur bo‘lishi mumkin.

Shu sababdan jamoa rahbariyati Pogba uchun to‘lanishi kerak bo‘lgan narxni e’lon qildi. Agar birorta klub fransuz uchun 150 mln yevro taklif qiladigan bo‘lsa, inglizlar futbolchini sotishadi.

Xabaringiz bor, Madridning “Real” klubi futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ammo “qirollik klubi” bunchalik katta mablag‘ni to‘lay olmasligi mumkin. Sababi ular transferlar vaqtida bir nechta futbolchilarni xarid qilish niyatida.

Joriy mavsum Pogba APLning 30ta uchrashuvida maydonga tushdi. Ushbu o‘yinlarda u jami 13ta gol urib, 9ta golli pas berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Manchester Yunayted Pol' Pogba

Baholaganlar

6

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing