“MYU” murabbiyi Lukakuning ketgani haqida gapirdi

Sport

image

Angliyaning "Manchester Yunayted" jamoasi bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher jamoaning sobiq hujumchisi Romelu Lukakuning "Inter"ga ketgani borasida fikr bildirdi.

"Ha, jamoada hujumchilar yetishmayapti. Ammo bu mening qarorim emas. O‘sha vaqtda buni xursandchilik bilan qabul qilganman.
Barcha futbolchilarimizning yuqori potensiali bor. Biroq o‘sha paytlarda Romeluning fikrlari jamoa bilan birga emas edi. Boshqa futbolchilar haqida ko‘p gapirishni istamayman. Lukakuni qattiq hurmat qilaman, lekin o‘sha paytda uning vaqti tugagandi.

Yangi olib kelinganlardan juda minnatdorman. Transferlar oynasining so‘nggi kunida yana bir ajoyib futbolchini olib kelishimiz mumkin edi, ammo bunga vaqt yetmadi. Endi tishni tishga qo‘yib chidash kerak. Biz ishonchsiz futbolchilarga katta summa ishlatmaymiz", dedi Sulsher.

Ma’lumot uchun, Romelu Lukaku 1993 yilda Belgiyada tug‘ilgan. U "Manchester Yunayted" tarkibida 2017-2019 yillarda maydonga tushgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Sul'sher Romelu Lukaku Interga

Baholaganlar

61

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing