MYU murabbiyi ishdan olindi
Sport
−
28 Oktabr 2024 4337 1 daqiqa
“Manchester Yunayted” klubining niderlandiyalik murabbiyi Erik ten Xag ishdan bo‘shatildi. Bu haqda “The Athletic” xabar berdi.
Yozda mutaxassis bilan shartnoma 2026 yilga qadar uzaytirilgandi, ammo mavsum boshlanganidan keyin klub rahbariyati u bilan xayrlashishga qaror qildi. Katta ehtimol bilan 54 yoshli mutaxassisning ishdan bo‘shatilishiga “Manchester Yunayted”ning APLdagi salbiy natijalari sabab bo‘lgan.
“Qizil iblislar” chempionatning oxirgi turida safarda “Kristal Pelas”ga 2:1 hisobida imkoniyatni boy berdi va aynan o‘sha o‘yindagi mag‘lubiyat klub rahbarining toqatini toq qilgan.
Ma’lumot uchun, Erik ten Xag murabbiylik faoliyati davomida PSV, “Gou Exed Igls”, “Bavariya II”, “Utrext” va “Ayaks” klublarida ishlagan. U boshchiligida MYU joriy mavsum 14 ta o‘yinda 4 ta g‘alaba, 5 ta durang va mag‘lubiyat qayd etdi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr