MYU Maguayr va Varanga o‘rinbosar topdi

Sport

image

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi “Benfika” ximoyachisi Antoniu Silvaga jiddiy qiziqib qoldi. Bu haqida insayder Rudi Galetti xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “qizil iblislar” markaziy ximoyachini yozda jamoani tark yetishi kutilayotgan Rafayel Varan va Garri Maguayr o‘rniga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. 20 yoshli futbolchi Yevropa Chempionlar ligasida ham o‘tgan mavsumda ajoyib taassurot qoldirgan edi va o‘sha paytiyoq ko‘plab grand klublar ye’tiboriga tushib ulgurgandi.

Shuningdek, u mart oyida Portugaliya terma jamoasi safida ham ikkita o‘yinda maydonga tushdi, hamda Erik ten Xag short-listida turgan yana bir portugal Sporting himoyachisi Gonsalu Inasiu bilan markaziy ximoyada tandem xosil qildi.

Ma’lumot o‘rnida, Silvaning “Transfermarkt” portaliga ko‘ra narxi 45 million yevro etib belgilangan. 23 yoshli Inasiuning transfer narxi yesa 40 milllion yevroga baholangan.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Yunayted Benfika Antoniu Silva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing