MYU futbolchisi samolyotda yo‘lovchi hayotini saqlab qoldi
Sport
−
13 noyabr
2193“Manchester Yunayted” klubining portugaliyalik futbolchisi Bruno Fernandesh FIFA kunlari sabab terma jamoa ixtiyoriga uchib ketayotgan paytda inson hayotini qutqarib qoldi. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, portugaliyalik futbolchilar va Diogo Dalot Manchesterdan Lissabonga uchib ketgan. Fernandesh samolyot orqasida o‘tirgan yo‘lovchi hushini yo‘qota boshlaganini payqagan. Bruno samolyotning orqa tomoniga yo‘l olib, yordam so‘rab qichqirgan.
Ekipaj a’zolari zudlik bilan yo‘lovchiga yordam ko‘rsatgan. Orqa tomonda yo‘lovchi o‘tirgan joyda bo‘sh o‘rindiq bo‘lgan va futbolchi bemorning yaxshi ekanligiga ishonch hosil qilish uchun uning yonida qolgan va 10 daqiqadan so‘ng o‘z joyiga ketgan.
Ma’lumot uchun, Portugaliya FIFA kunlari doirasida 2 ta o‘yin o‘tkazadi. Jamoa UEFA Millatlar ligasi doirasida o‘z uyida Polsha va safarda Xorvatiya bilan bahs olib boradi. O‘yinlar 16 va 19 noyabr kunlari o‘tkaziladi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr