MYU futbolchisi kibersport klubini ochdi

Sport

image

“Manchester Yunayted” darvozaboni David De Xea o‘zining kibersport klubini tashkil etishini e’lon qildi.

“Rebels Gaming” deb nomlangan yangi tashkilot Madridda o‘z o‘yin markaziga ega bo‘ladi. Klub “League of Legends”, “Valorant” va “Rainbow six siege” o‘yinlarida o‘z tarkibini ochish niyatida.

“Raqamli asr va texnologiya yangi imkoniyatlarni ochish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan o‘yin maydonini yaratdi. Biz “Rebels Gaming” nafaqat eng yuqori saviyada raqobatlasha olishi, balki ilhomlantirish va rivojlantirish uchun ham global klublardan biriga aylanishini istaymiz”, deydi De Xea. 

Eslatib o‘tamiz, “Qizil iblislar hujumchisi Krishtianu Ronaldu Yangi yil bayrami uchun bolalarga imzosi tushirilgan futbolkalar yuboradi. Ya’ni Krish amerikalik qo‘shiqchi Pinkning xayriya tadbirida ishtirok etishga rozi bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Parij De Xea Kibersport

Baholaganlar

15

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing