MYU Fernandesh bilan kelisha olmayapti
Sport
−
17 yanvar 2022
3117“Manchester Yunayted”ning portugaliyalik yarim himoyachisi Bruno Fernandesh klub bilan yangi shartnoma borasidagi muzokaralarni to‘xtatdi. Bu haqda “The Athletic” nashri xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, futbolchining shartnomasi 2025 yilga qadar amal qiladi, biroq tomonlar yarim himoyachi uchun yaxshilangan shart-sharoitlar bo‘yicha kelishib olishga harakat qilishgan.
Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik futbolchi Angliya Premer ligasining 22-turidan o‘rin olgan “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘yinda (2:2) raqib darvozasini ikki marta ishg‘ol qildi.
Ma’lumot uchun, 27 yoshli Fernandesh Angliya klubiga 2020 yilning yanvarida “Sporting”dan 63 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. Bu mavsumda portugaliyalik futbolchi Angliya Premer ligasining 19 ta o‘yinida maydonga tushgan va 7 ta gol urib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Shuningdek, u UEFA Chempionlar ligasining beshta uchrashuvida oltita gol urdi. “Transfermarkt” portali tomonidan Fernandesh 90 million yevroga baholangan.
LiveBarchasi