MYU darvozaboni YTHga uchradi
Sport
−
21 yanvar 2020
8963“Manchester Yunayted” klubining zaxira darvozaboni Serxio Romero avtoulovida yo‘l-transport hodisasiga uchradi.
32 yoshli posbon 170 ming funt turadigan Lamborghini rusumli mashinasida mashg‘ulotlar bazasiga ketayotganda YTH ro‘y berdi. Uning mashinasiga jiddiy talafot yetgan, biroq Romeroga hech narsa bo‘lmagan.
Uning mashinasini maxsus xizmat xodimlari olib ketishdi darvozabonning o‘zi esa mashg‘ulotlarga borgan. Ushbu hodisa “Liverpul”ga qarshi o‘yin oldidan sodir bo‘lgan.
Ma’lumot o‘rnida, Romero joriy mavsum “Manchester Yunayted” safida hali bitta ham o‘yinda maydonga tushmadi.