MYU “Barselona” “vunderkind”ini tortib olmoqchi

Sport

image

“Manchester Yunayted” rahbariyati “Barselona”ning 17 yoshli yarim himoyachisi Gavini jamoaga taklif qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Todofichajes” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mankunianliklar “ko‘k-anorranglilar” futbolchi bilan shartnomani uzaytirib, katta miqdordagi tovon puli belgilashidan avval u bilan bitim tuzish niyatida.

Yosh yarim himoyachining Kataloniya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi va futbolchining narxi 25 million yevroga baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Xavi Ernandes shogirdlari Ispaniya La ligasining 12-turidan so‘ng 17 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalining 9-pog‘onasida bormoqda.

Ma’lumot uchun, Gavi joriy mavsum “Barselona” safida 14 o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan. Shuningdek, Ispaniya terma jamoasi safida Millatlar ligasi kumush medalini qo‘lga kiritdi.
 


Maqola muallifi

Teglar

APL Barselona Xavi La liga Man Yunayted Gavi

Baholaganlar

32

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing