MYU afsonasi ortga qaytdi, bundan xursandmiz – Pogba

Sport

image

Kecha, 29 avgust kuni “Vulverxempton” ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng, “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogba Krishtianu Ronalduning jamoaga qaytishi haqida fikr bildirdi.

“Barcha uning bizga nima bera olishini biladi. Ronaldu allaqachon “Manchester Yunayted” afsonasi va endi u ortga qaytdi. Albatta, bu biz uchun yaxshi. U bizga tajriba va mahorat bobida o‘rnak bo‘la oladi. Krish tarkibga qo‘shilganida jamoaning saviyasi ko‘tariladi” deydi Pogba.

Shuningdek, fransiyalik futbolchi Ronalduning jamoga qaytganidan xursand ekanligini bildirib o‘tdi: 

“U jamoaga qaytganidan juda xursandmiz. Bugungi eng muhim jihat g‘alaba qozonganimiz bo‘ldi. Ronaldu maydonga tushganidan so‘ng, g‘alabali xarakterimizni saqlab qolamiz va oldinga intilishda davom etamiz”.

Eslatib o‘tamiz, Ronalduning Manchesterga ko‘chib o‘tishi ortidan Pogba jamoadan ketishni istayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. U o‘z agenti Mino Rayolaga faoliyatini “Real”da davom ettirishini aytgan. 

Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu 2003-2009 yillar davomida MYUda faoliyat yuritgan va 292 uchrashuvda maydonga tushib, 118 gol va 67 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Pol Pogba esa, 2016-yildan buyon 209 ta o‘yinda, 38 marta raqib darvozasini ishg‘ol etgan, 47 golga hammualliflik qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

APL Manchester Yunayted Yuventus Krishtianu Ronaldu Pol' Pogba

Baholaganlar

90

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing