MYU 200 nafar xodimini ishdan bo‘shatadi

Sport

image

“Manchester Yunayted” klub tuzilmasi o‘zgaradi va 150-200 nafar xodim ishdan bo‘shatiladi hamda klubdagi xodimlar uchun bepul tushliklar bekor qilinadi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

“Biz “Manchester Yunayted”ning erkaklar, ayollar va akademiyalar chempionligini qo‘lga kiritish uchun eng kuchli holatda bo‘lishini ta’minlashga mas’ulmiz. Biz klubni o‘zgartiradigan va yangilaydigan keng ko‘lamli tadbirlarni boshlamoqdamiz. Afsuski, bu xodimlarni ishdan bo‘shatishimizni anglatadi va biz bu holat hamkasblarimizga ta’siridan chuqur afsusdamiz. Biroq bu qiyin qarorlar klubni barqaror moliyaviy holatga qaytarish uchun zarur. So‘nggi besh yil davomida ketma-ket moliyaviy yo‘qotishlarga duch keldik. Bu davom etishi mumkin emas. Ikki asosiy ustuvor vazifamiz – muxlislarimiz uchun maydonda muvaffaqiyatga erishish va klub infratuzilmasini yaxshilash. Agar biz doimo pul yo‘qotadigan bo‘lsak, biz bu maqsadlarga sarmoya kirita olmaymiz. Ushbu jarayonning oxirida biz qimmatli tijorat hamkorlarimizga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishni davom ettiradigan yanada moslashuvchan, samarali va moliyaviy jihatdan barqaror klubga ega bo‘lamiz. Bu UEFA va APL qoidalari doirasida qolib, jamoa muvaffaqiyatiga sarmoya kiritish va muxlislar uchun sharoitlarni yaxshilash imkonini beradi”, deydi klub ijrochi direktori Omar Berrada

Shuningdek, “Manchester Yunayted” pulni tejash maqsadida xodimlari uchun bepul tushliklarni bekor qiladi va bu orqali yiliga 1 million funt sterlingni tejab qoladi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Yunayted Omar Berrada

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing