O‘zbekiston va qator davlatlar tashabbusi bilan Butundunyo shaxmat kuni e’lon qilindi
Jamiyat
−
13 dekabr 2019
4890Kecha, 12 dekabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi O‘zbekiston, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Rossiya va Turkmaniston tashabbusi bilan 20 iyulni Butundunyo shaxmat kuni deb e’lon qildi.
Shaxmat o‘zida sport, fikrlash va san’at elementlarini mujassamlashtirgan qadimiy intellektual va madaniy o‘yin ekani ta’kidlandi. BMT Bosh Assambleyasi a’zolari mamlakatlarga yangi Butundunyo kunini munosib nishonlashni taklif qildi.
BMT Bosh Assambleyasining yangi rezolyutsiyasi hammualliflari shaxmat butun dunyoda o‘ynaladigan o‘yin ekanini qayd etdi. U xalqlar va davlatlar orasida adolat, integratsiya hamda o‘zaro hurmatni rivojlantiradi, shuningdek, chidamlilik va hamfikrlik muhitini yaratishga xizmat qiladi.
LiveBarchasi