Muzokaralar bo‘lmoqda — AQSH O‘zbekistonda harbiy baza joylashtirish haqidagi savolga javob berdi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekiston va Tojikiston hamda mintaqadagi boshqa davlatlar bilan AQSH qo‘shinlarining Afg‘onistondan chiqib ketishi ortidan kelgusida harbiy hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilmoqda. Bu haqda Pentagon vakili Jon Kirbi ma’lum qildi.

Unga AQSH qo‘shinlari Afg‘onistondan olib chiqib ketilganidan keyin O‘zbekiston va Tojikistonda harbiy bazalar joylashtirish to‘g‘risida savol berildi.

“Davlat departamentidagi hamkasblarimiz bilan birgalikda Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar bilan muzokaralar olib bormoqdamiz. Va biz u yerda qanday kelajak imkoniyatlari mavjudligini o‘rganishga harakat qilyapmiz. Ishonch bilan aytishim mumkinki, ushbu imkoniyatlar to‘g‘risida bir qator qo‘shni davlatlar bilan muzokaralar olib bormoqdamiz”, deya javob berdi Kirbi.

O‘zbekistondagi Amerika harbiy bazani qayta qurish mumkinmi yoki yo‘qligi haqida gapirar ekan, Kirbi hozircha bu borada hech qanday qaror qabul qilinmaganini ta’kidladi.

“Hali hech qanday qaror qabul qilinmadi. Menimcha, taxmin qilish mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Qaysi davlatlardagi qaysi inshootlardan foydalanish mumkinligi haqida batafsil ma’lumot bermayman, biz hozircha bu bosqichda emasmiz”, deb qo‘shimcha qildi Pentagon vakili.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Republikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashgandi. Komilov va Blinken o‘rtasidagi muhokama mavzusi ham Afg‘onistondagi vaziyat bo‘ldi.

Shundan so‘ng, Komilov Amerika Qo‘shma Shtatlari Mudofaa vaziri Lloyd Ostin bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda ham, asosan, Afg‘onistondagi vaziyat muhokama qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2747

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing