Muzlar erimoqda! Turkiya TIV rahbari 15 yilda ilk bor Isroilga boradi
Olam
−
24 may 2022
5717Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li bugun, 24 may kuni Falastin va Isroilga tashrif buyuradi. Bu haqda TRT xabar bermoqda.
Chavusho‘g‘li 2010 yilda ikki davlat diplomatik idoralari o‘rtasida tashkil etilgan Turkiya va Falastin Tashqi ishlar vazirlari qo‘shma qo‘mitasi yig‘ilishida ishtirok etadi. Shuningdek, u falastinlik hamkasbi Riyod al-Malikiy va arab davlati rahbari Mahmud Abbos bilan ham muzokaralar o‘tkazadi.
Chavusho‘g‘li shu kuni Isroilga ham jo‘nab ketadi va u yerda Tashqi ishlar vaziri Yair Lapid bilan uchrashadi. Muzokaralarda ikki tomonlama, mintaqaviy va xalqaro masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan. Mahalliy OAV Turkiya Tashqi ishlar vazirining Isroilga 15 yil ichida ilk bor rasmiy darajada tashrif buyurishiga e’tibor qaratmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Chavusho‘g‘li Isroilga tashrifi chog‘ida elchilarni qaytarish va ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni to‘liq normallashtirish masalalarini muhokama qilish rejalashtirilayotganini aytgan.
LiveBarchasi