Mo‘ynoqda o‘q uzgan shaxslardan yana ikkisi qo‘lga olindi

Jamiyat

image

Avvalroq, Mo‘ynoq tumani hududida brakonerlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi inspektorlariga hujum qilgani, quroldan o‘q uzgani, o‘qlar inspektorlar o‘tirgan avtomobillarning 10 ta joyiga borib tekkani, ushbu holat bo‘yicha Mo‘ynoq tuman prokuraturasi tomonidan kecha, 6 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi JKning 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar bergan edik. 

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ushbu holat bo‘yicha bildirgan rasmiy bayonotida Mo‘ynoq tumanida noqonuniy ov bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar to‘g‘risida ma’lumot berib, ulardan 2 nafari qidirilayotganligini ma’lum qilgan edi. 

Olib borilgan tezkor qidiruv natijasida qidiruvda bo‘lgan 2 nafar fuqarolar ham aniqlanib, tergovga jalb qilingan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, brakonerlar 4-5 kishidan tashkil topgan bo‘lib, ularga o‘rmon xo‘jaligi xodimi ham hamrohlik qilgan. Ovchilarning kiyik ovlashga chiqqanligi aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura Mo'ynoq

Baholaganlar

98

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing