Mo‘ynoqda otishma sodir bo‘ldi (video)

Jamiyat

Mo‘ynoq tumani hududida brakonerlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi inspektorlariga hujum qildi. Brakonerlar otgan o‘qlar inspektorlar avtomobilining 10 ta joyiga tekkan. Hech kim zarar ko‘rmagan. Bu haqda qo‘mita mutasaddilari xabar qildi. 

Ta’kidlanishicha, brakonerlar 4-5 kishidan tashkil topgan bo‘lib, ularga o‘rmon xo‘jaligi xodimi ham hamrohlik qilgan. Ovchilarning kiyik ovlashga chiqqanligi aytilmoqda.

“Kecha bizga qorao‘zaklik noqonuniy ovchilar kiyik ovlashga chiqqan, degan signal bo‘lgan edi. Ularning mashinasida kiyik bo‘lganligi uchun qo‘lga tushmaslikka harakat qilib qochgan va inspektorlarning avtomashinasiga qarata o‘q uzgan. O‘qlar avtomashinaning radiatoriga, kapotlariga tegib, yura olmay qolgan”, deydi mutasaddi.

Ayni paytda noqonuniy ovchilar qo‘lga tushgan va Qorao‘zak tumani ichki ishlar bo‘limida saqlanmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ovchilar 20 bosh kiyikni otib o‘ldirgan. Batafsil ma’lumotlarni tegishli organlardan kutib qolamiz.

Quyida tasvirda ovchilar tomonidan ikki marta o‘q uzilgani va avtomashina ishdan chiqqanligi aks etgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Mo'ynoq otishma brakon'er

Baholaganlar

348

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing