Mutlaq vaznda o‘zbek bokschisi tengsiz

Sport

image

Hozirgina Tailand poytaxtida Bangkok shahrida o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatida so‘nggi final jang ham o‘tkazildi.

Mutlaq vazn toifasidagi bahsda muxlislar jiddiy qarama-qarshilikka guvoh bo‘lishdi. Ayni damda professional boksda faoliyatini olib borayotgan o‘zbek bokschisi Bahodir Jalolov  Qozog‘iston vakili Kamshibek Konkabayevga qarshi ringga ko‘tarildi.

Kutilganidek jangda ustunlik to‘liq O‘zbekiston vakili tomonida bo‘ldi. Har bir raunddagi ustunlik hakamlar tomonidan ham e’tirof etildi va Jalolov O‘zbekiston hisobiga to‘rtinchi oltin medalni taqdim etdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbek bokschilari ushbu Osiyo chempionatida erkaklar o‘rtasida jami 6 ta medalga ega chiqishdi: 4 ta oltin, 1 kumush va 1 ta bronza.

Biroz oldin, boshqa bir o‘zbekistonlik bokschi Sanjar Tursunov raqibiga ochkolar hisobiga ko‘ra imkoniyatni boy berib, kumush medal bilan kifoyalangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

boks

Baholaganlar

71

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing